Qizlar seving, seviling mayli,
Lek vafoni unutib qo’ymang.
Sevgi-muhabbat o’z yo’liga,
Otangizni uyatga qo’ymang.
Sizlar uchun har nega tayyor,
«Qizginam» deb bo’lar umidvor,
No’joya ish qilmanglar zinhor,
Otangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Otangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Onangizni uyatga qo’ymang.
Siz tufayli boshin egmasin,
«Qizing tuzat», deb gap tegmasin,
Yig’lasa to’yingda yig’lasin,
Onangizni uyatga qo’ymang.
Opam-nomusim, orim degan,
Davralarda ko’ksini kergan,
Siz deb hatto kaltaklar yegan,
Ukangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Otangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Onangizni uyatga qo’ymang.
Davralarda so’zlasin to’lib,
Siz tufayli ko’ksin keng qilib,
Do’stlarin oldida ming o’lib,
Akangizni uyatga qo’ymang.
Do’stlarin oldida ming o’lib,
Akangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Otangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Onangizni uyatga qo’ymang.