ГлавнаяOzodiy Клипы Otangizni uyatga qo'ymang

Ozodiy - Otangizni uyatga qo’ymang

1754946
14531
Информация о видео:
Дата публикации
23.07.2020
Язык
узбекский
Страна
Узбекистан
Артисты
Ozodiy
Перейти на страницу артиста
Другие клипы Ozodiy:
Текст: Ozodiy - Otangizni uyatga qo’ymang:

Qizlar seving, seviling mayli,
Lek vafoni unutib qo’ymang.
Sevgi-muhabbat o’z yo’liga,
Otangizni uyatga qo’ymang.

Sizlar uchun har nega tayyor,
«Qizginam» deb bo’lar umidvor,
No’joya ish qilmanglar zinhor,
Otangizni uyatga qo’ymang.

Qo’ymang, qo’ymang,
Otangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Onangizni uyatga qo’ymang.

Siz tufayli boshin egmasin,
«Qizing tuzat», deb gap tegmasin,
Yig’lasa to’yingda yig’lasin,
Onangizni uyatga qo’ymang.

Opam-nomusim, orim degan,
Davralarda ko’ksini kergan,
Siz deb hatto kaltaklar yegan,
Ukangizni uyatga qo’ymang.

Qo’ymang, qo’ymang,
Otangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Onangizni uyatga qo’ymang.

Davralarda so’zlasin to’lib,
Siz tufayli ko’ksin keng qilib,
Do’stlarin oldida ming o’lib,
Akangizni uyatga qo’ymang.
Do’stlarin oldida ming o’lib,
Akangizni uyatga qo’ymang.

Qo’ymang, qo’ymang,
Otangizni uyatga qo’ymang.
Qo’ymang, qo’ymang,
Onangizni uyatga qo’ymang.

Читать далее Скрыть описание
Еще