Ozodiy - Chin do’st
Ozodiy - Chin do’st

Ozodiy - Chin do’st

35
0
38

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Ozodiy
Перейти на страницу артиста
Текст: Ozodiy - Chin do’st:

Chin do’st bo’lsang, do’stdek bo’l,
Menga chin sirdoshdek bo’l,
Yaxshi-yomon kunimda,
Yonimda dardkashdek bo’l.
Bo’lma hech ham ichi qora,
Yolg’on so’zlab qilma dilim yara,
Ko’zim hira qilma hech qachon.
Sen shunday ustun bo’lgin,
Yurtingga posbon bo’lgin,
Egma boshing yovga sira,
Yillarda doston bo’lgin.
Sen mardlarning farzandi,
Buyuklarning dilbandi,
Sen ham shunday mard bo’lgin,
Temurdek inson bo’lgin.
Mehr bergin onangga,
Keyin amma-tog’angga,
Farzandlaringga ham ber,
Shunday bo’lsin mehribon.
Otangga sen sodiq bo’l,
Quyosh kabi yorug’ bo’l,
Yaxshilardan o’rnak ol,
Shular kabi inson bo’l.
Shular kabi inson bo’l.
Shular kabi inson bo’l.

Qadringni bil ey do’stim,
Sensan o’zbek farzandi,
Hurmat qilgin yurtboshing,
Ular xalqin dilbandi.
Bizlar uchun har kuni,
Mehnat qilar to’xtamay.
Biz ham xalqqa sodiq bo’laylik,
Qanotidan birga kiraylik.

Men bilan bir umr,
Sen bilan bir umr,
Yashagan hayotda,
Yurgan bir yo’lda,
O’qigan maktabda,
O’ynagan oftobda,
Sevgan bir qizni,
Degan qirmizni,
Unutma chin do’stim,
Lekin sen bizni.
Do’st bo’lgin doimo,
Hech bo’lmagin tanho
Bo’lmagin notovon,
Qilmagin bag’rim qon,
Men o’zim bir do’stim uchun berdim jon.
Shular kabi inson bo’l,
Shular kabi inson bo’l.

Chin do’st bo’lsang, do’stdek bo’l,
Menga chin sirdoshdek bo’l,
Yaxshi-yomon kunimda,
Yonimda dardkashdek bo’l.
Bo’lma hech ham ichi qora,
Yolg’on so’zlab qilma dilim yara,
Ko’zim hira qilma hech qachon.
Sen shunday ustun bo’lgin,
Yurtingga posbon bo’lgin,
Egma boshing yovga sira,
Yillarda doston bo’lgin.
Sen mardlarning farzandi,
Buyuklarning dilbandi,
Sen ham shunday mard bo’lgin,
Temurdek inson bo’lgin.
Mehr bergin onangga,
Keyin amma-tog’angga,
Farzandlaringga ham ber,
Shunday bo’lsin mehribon.
Otangga sen sodiq bo’l,
Quyosh kabi yorug’ bo’l,
Yaxshilardan o’rnak ol,
Shular kabi inson bo’l.
Shular kabi inson bo’l.
Shular kabi inson bo’l.

Читать далее Скрыть описание
Еще