Yorga ko’ngil qo’ygan ey o’tgan kunlar,
Bulbulni sayratgan ardoqli gullar,
Yorla chamanlarni kezib yurardim,
O’rtanib-o’rtanib jo’shib bu dillar.
Bulbuli sado bo’ldim,
Mehringga gado bo’ldim,
Kuta-kuta visoling
Hajringda ado bo’ldim.
Ado bo’ldim, ado bo’ldim
Mehringga gado bo’ldim.
Bahor ko’klamining quchoqlarida,
Kumushdek tovlangan buloqlarida,
Yorimni sevaman degan so’zlari
Xanuz jaranglaydi quloqlarimda.
Bulbuli sado bo’ldim,
Mehringga gado bo’ldim,
Kuta-kuta visoling
Hajringda ado bo’ldim.
Ado bo’ldim, ado bo’ldim
Mehringga gado bo’ldim.