ГлавнаяBotir Qodirov Выступления Ko'ngil izhori (The Cover Up with Hilola G'ayratova)

Botir Qodirov - Ko’ngil izhori (The Cover Up with Hilola G’ayratova)

2473080
21149
Информация о видео:
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Ko’ngil izhori (The Cover Up with Hilola G’ayratova):

Soyangga aylanib qolsaydim qani,
Sendan bir lahza ham ayrilmas edim.
Shu umrim boricha sevaman seni,
Sendan boshqasiga qayrilmas edim.

Ko’zlaring tubida dard bor, hasrat bor,
Yorim, dardlaringni menga ber, jonim.
Senga yupanch bo’lay, hamdard bo’lay men,
Borki g’amlaringni menga ber, jonim.

Boshing uzra sochay olam quvonchin,
Borimni tutay men.
Sen yolg’iz habibim, tanho tabibim,
Yoningda bo’lay men.

Kel gulim, ko’zlaringni ko’zlarimga ko’zgu qil,
Har bosgan izlaringni yo’llarimga yog’du qil.
Kiprigingda yosh ko’rsam, yo’q, aslo chidolmasman,
Sensizlikka men bir zum bardosh berolmasman.

Ko’zlaring tubida dard bor, hasrat bor,
Yorim, dardlaringni menga ber, jonim.
Senga yupanch bo’lay, hamdard bo’lay men,
Borki g’amlaringni menga ber, jonim.

Boshing uzra sochay olam quvonchin,
Borimni tutay men.
Sen yolg’iz habibim, tanho tabibim,
Yoningda bo’lay men.

Soyangga aylanib qolsaydim qani,
Sendan bir lahza ham ayrilmas edim.
Soyangga… soyangga…

Читать далее Скрыть описание
Еще