ГлавнаяBotir Qodirov Выступления Onamdan keyin (concert version)

Botir Qodirov - Onamdan keyin (concert version)

1942211
9750
Информация о видео:
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Onamdan keyin (concert version):

Mag’zun kunlar boshlandi
Onamdan keyin,
Ma’yus ko’zim yoshlandi
Onamdan keyin, onamdan keyin.

Omad ko’zga ko’rinmas hech,
G’amdan o’zga ko’rinmas hech,
Yegan oshim shirinmas hech,
Onamdan keyin, onamdan keyin.

Lazzat yo’q kuyda, sozda, faqat g’am bor ovozda.
Sovqotaman hatto yozda Onamdan keyin.
Bo’ldim parishonxotir, har lahzada havotir.
Na bir do’st, na yor tatir, Onamdan keyin.

Bir telba bo’lib qoldim
Onamdan keyin,
Bag’rimni yulib qoldim
Onamdan keyin, onamdan keyin.

Baland edi bo’ylarim onam borida,
Rangli edi o’ylarim onam borida.
Fayzli edi uylarim onam borida,
Ha-a, qilolmadim to’ylarim onam borida.

Bo’lib qoldim toshbag’ir,
Bo’ldim bebosh, serqarx.
Chin mehr topmadim oxir,
Onamdan keyin.

Yurak-bag’rim ezildi
Onamdan keyin,
Yolg’izligim sezildi
Onamdan keyin, onamdan keyin.

Onamdan keyin…

Читать далее Скрыть описание
Еще