Botir Qodirov - Yig’latur (concert 2015)

1917154
4588
Информация о видео:
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Yig’latur (concert 2015):

Hey, qiynadi bu ishq meni, tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay, ham nomusu or yig’latur.
Ushshog’u segoh mening ruhimni sel qilg’ay yana,
Bo’ldi, bas, deyman, quloq solmay yana tor yig’latur.

Ba’zida aylab tavoze, qilsalar ko’p muhtaram,
Bu ulug’ jonimni shu qilmay biror kor yig’latur.
Gul desam, yonishi yo’q, bulbul desam, xonishi yo’q,
Bu latif ruhimni aylab bunchalar xor yig’latur.

Ko’zlarimda shoshqatordur yoshlarim yo’lga qarab,
Yo’qlamay man telbani ahdu-hushi bor yig’latur.
Qiynadi bu ishq meni, tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay, ham nomusu or yig’latur.

Hajr o’tida kuydirib, ishqi o’tida yondirib,
Ne sababdin, bilmadim, ko’nglimni Ra’no yig’latur.
Qiynadi bu ishq meni, tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay, ham nomusu or yig’latur.

Читать далее Скрыть описание
Еще