Umr – bir lahzalik yo‘l,
Buni sezmay qoldim-da,
Tushkunlikka tushmadim,
Hali hayot oldinda.
Yongan dilni yondirma,
Yurak, shahding sindirma,
Umidingni so‘ndirma,
Hali hayot oldinda.
Daydi shamol do‘q qilar,
Kim nishonga o‘q bo‘lar,
Biznikidir cho‘qqilar,
Hali hayot oldinda.
Oldinda, oldinda…
Sinovlardan ortgan payt
Endi yo‘l yo‘q deb aytma,
Aslo ortingga qaytma,
Hayot oldinda.
Yo‘lsiz qoldirdilarmi,
Yolg‘iz qoldirdilarmi,
Ojiz qoldirdilarmi,
Hali hayot oldinda.
Ishonchimga kirganlar,
Sevgimdan ayirganlar,
Qanotimni qayirganlar,
Hali hayot oldinda.
Siqilmagin, surma o‘y,
Ko‘ngil chalsin mahzun kuy,
Tishingni tishingga qo‘y,
Hali hayot oldinda.
Shiddat dilga o‘t yoqar,
Zamon ham senga boqar,
Omad eshiging qoqar,
Hali hayot oldinda.
Oldinda, oldinda,
Oldinda, oldinda…
Umr – bir lahzalik yo‘l,
Buni sezmay qoldim-da,
Tushkunlikka tushmadim,
Hali hayot oldinda. (2x)