Azoblaring dilim tilar sen bilmading,
Kulay desam ko’zim yig’lar sen bilmading,
Eslamadi dema bir bor go’zalginam,
Eslaganim xudo bilar sen bilmading.
Nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog’ingla xor etganing ostonaman,
Dilimda sen lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig’lar sen bilmading.
Eshit gulim armonlarga to’ldi dilim,
Yig’la gulim ayro tushdi tushdi endi yo’lim,
Esla gulim olisdasan yetmas qo’lim,
Bu holimdan osmon yig’lar sen bilmading.
Qara armon quchib borar orzularim,
Yuraginga sig’may qoldi tuyg’ularim.
Qadr uchun zor yig’lagan qo’shiqlarim,
Do’stim bildi g’anim bildi sen bilmading.
Kelmasliging bilib o’tmoqda kunlarim,
Kundan kunga azob berar qayg’ularim.
Aytolmasdan armon bo’lgan dilso’zlarim,
Armon bo’lib qolib ketdi sen bilmading.
Eshit gulim armonlarga to’ldi dilim,
Yig’la gulim ayro tushdi tushdi endi yo’lim,
Esla gulim olisdasan yetmas qo’lim.
Fig’onimdan osmon yig’lar sen bilmading.
Eshit gulim armonlarga to’ldi dilim,
Yig’la gulim ayro tushdi tushdi endi yo’lim,
Esla gulim olisdasan yetmas qo’lim,
Fig’onimdan osmon yig’lar sen bilmading.