Mirjalol - Yo’q dedilar
Mirjalol - Yo’q dedilar

Mirjalol - Yo’q dedilar

1871
5
810
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Mirjalol
Перейти на страницу артиста
Текст: Mirjalol - Yo’q dedilar:

Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sevdim deb yor uyiga borgan edim.

Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sandey yor bo’lmoqchilar ko’p dedilar.
Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sevdim deb yor uyiga borgan edim,
Sevgimni rad etdilar — yo’q dedilar.
Sevdim deb yor uyiga borgan edim,
Sevgimni rad etdilar — yo’q dedilar.

Dedilar: oson dema sevgi ishin,
Ketgin deb haydadilar, egdi boshim.
Cho’ntakda na puling bor, na bor moshin,
Uch kun ochsan, bir kun to’q dedilar,
Cho’ntakda na puling bor, na bor moshin,
Uch kun ochsan, bir kun to’q dedilar.

Dedilar: to’y istasang dastmoya top,
Bu bedor yurishingga nihoyat, o-o,
Sevganing ko’nglini topibsan, ho’p,
Bizlar rozi, lek puling yo’q dedilar.
Bizlar rozi, lek puling yo’q dedilar.

Ota-onasining shu e’tirozi,
Yuragimni tor-mor etdi nozi,
Na qilay, yurakdan sevdirdi qizi,
Sevgan yurakdan kuysin, oh dedilar.
Bizlar rozi, lek puling yo’q dedilar.

Elda bormi sevgan meningdayin?
Qismatimda na bor qaydan bilayin?
Dunyoga sevgi deb keldim atayin,
Ketgin dunyoda sevgi yo’q dedilar.
Bizlar rozi, lek puling yo’q dedilar.

Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sandey yor bo’lmoqchilar ko’p dedilar.
Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sevdim deb yor uyiga borgan edim,
Sevgimni rad etdilar — yo’q dedilar.
Sevdim deb yor uyiga borgan edim,
Sevgimni rad etdilar — yo’q dedilar.

Bir go’zal qizga mani tushdi dilim,
Sevdim deb yor uyiga borgan edim…

Читать далее Скрыть описание
Еще