Ne bo’ldi yor kibr to’la nigohlar o’t sochmayapti,
Tilingizdan kinoyali, zaxar so’zlar uchmayapti.
Ne bo’ldi yor kibr to’la nigohlar o’t sochmayapti
Tilingizdan kinoyali, zaxar so’zlar uchmayapti.
Boshingizni egib hiyol,
So’z demaysiz surib xayol,
Bilaman men qalbingizni
Qanday dardlar qiynayapti.
Boshingizni egib hiyol,
So’z demaysiz surib xayol,
Bilaman men qalbingizni
Qanday dardlar qiynayapti.
Qarang mana endi navbat sizga yetdi.
Ana endi mehribonim sog’inchlardan kuyib yig’lang,
Sizga yetdi.
Endi siz ham jonajonim, armonga bosh qo’yib yig’lang,

Siz ham mendek ko’zlar kulib, pinhon to’yib-to’yib yig’lang.
Ne bo’ldi yor kibr to’la nigohlar o’t sochmayapti,
Tilingizdan kinoyali, zaxar so’zlar uchmayapti.
Endi mening qalbimda tosh armon izi botib ketdi,
Qachonlardir sog’inchga bosh tuyg’ularim o’tib ketdi.
Endi mening qalbimda tosh armon izi botib ketdi,
Qachonlardir sog’inchga bosh tuyg’ularim o’tib ketdi,
Qarang qaytar dunyo ekan,
Oxiri yo’q savdo ekan,
Iztiroblar karvonlari endi borib sizga yetdi.