Kaniza - Hammasi
Kaniza - Hammasi

Kaniza - Hammasi

6162
16
1887
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Kaniza
Перейти на страницу артиста
Текст: Kaniza - Hammasi:

Suyganimga juda yoqqandim,
Uydagilarini bilmasdim,
Uchrashib qolishdan qochgandim,
Omon qochgandim.
Yoqmayin qolsam deb qo’rqqandim,
Juda qo’rqqandim.

Xolasi, ammasi, singlisi, opasi,
Hammasi toshin otarkan,
Qoshim, ko’zim, sochim bo’yim,
Bir dam yoqmay qolarkan.

Xolasi, ammasi, singlisi, opasi,
Birdan aynib ketarkan.
Qoshim, ko’zim, sochim, bo’yim,
To’g’ri kelmay qolarkan.

Xolajon, ammajon, singiljon,
Opajon, bo’laylik jona-jon.
Mendayin kelini bo’lsin deb,
Omon bo’lsin deb.
Yettidan yetmushu yig’sin sep
Omon yig’sin sep.

Xolasi, ammasi, singlisi, opasi
Aslida yomon emaskan.
Qoshim, ko’zim, sochim, bo’yim
Yoqib qolsa bo’larkan.

Xolasi, ammasi, singlisi, opasi
Ko’nglim olish osonkan
Qoshim, ko’zim, sochim, bo’yim
Boshqalardan o’tar ekan.

Orzular ushalar bu kuni,
Omon bu kuni.
To’y kunim bayramim chal kuyni
Omon chal kuyni!

Xolasi, ammasi, singlisi, opasi
Sakrab-sakrab o’ynarkan
Qoshim, ko’zim, sochim, bo’yim
Bugun yonib turar ekan.
Holasi, ammasi, singlisi, opasi
Yangi oilam bo’larkan,
Qoshim, ko’zim, oyoq, qo’lim
Xizmatida o’tar ekan!

Xolasi, ammasi, singlisi, opasi
Sakrab-sakrab o’ynarkan.
Qoshim, ko’zim, sochim, bo’yim
Bugun yonib turarkan.

Xolasi, ammasi, singlisi, opasi
Yangi oilam bo’larkan
Qoshim, ko’zim, oyoq, qo’lim
Xizmatida o’tarkan!

Читать далее Скрыть описание
Еще