Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar,
Bu ishq sirrin bayon qilsam toki ul xonumon o‘rtar.
Kishiga ishq o‘tidin zarraye yetsa bo‘lur giryon,
Bo‘lub besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar.

Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay,

Tilim lol-u ko‘zum giryon, so‘ngaklarim nihon o‘rtar.

Bu dard ila xarob o‘ldum, kelib holimni so‘rmassan,

G‘aming boshqa, alam boshqa, yurakimni fig‘on o‘rtar.
G‘aming boshqa, alam boshqa, yurakimni fig‘on o‘rtar.
Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar,
Bu ishq sirrin bayon qilsam toki ul xonumon o‘rtar.
Joooon,
Bu Mashrab dardini, jonoki, har kim boshig‘a solma,

Agar mahsharda oh ursam, behishti jovidon o‘rtar.
Agar mahsharda oh ursam, zaminu osmon o‘rtar.