Kaniza - Go’zal bo’layin
Kaniza - Go’zal bo’layin

Kaniza - Go’zal bo’layin

18994
125
7815
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Kaniza
Перейти на страницу артиста
Текст: Kaniza - Go’zal bo’layin:

Kayfiyatim bugun alo,
Go’zallikka qalbim shaydo.
Kimgadir emas, o’zimga
Bolayin bugun men fido.
Sochlarimga beray bezak,
Silkitib tursin yelvizak.
Shu kun eng chiroyligi ham
Menchalik bo’lmasa kerak.
Bugun bir bayram qilayin,
O’zimga oro berayin.
Shundoq ham chakki emasman,
Yanada go’zal bo’layin.
Bugun bir janon bo’layin,
Qo’g’irchoqqa aylanayin.
Kim korsa, ko’rmasa mayli,
O’zimga yoqsam bo’lgani.
Kayfiyatim bugun go’zal,
Bir bo’lay dedim-da asal.
Qadrimga yetmaganlarni
Qilayin o’zimga kasal.
Qomatimni quchib olsin
Menga yarashgan ko’ylagim.
Hilpirab, titratib tursin,
Yanada chiroyim ochsin.
Bugun bir bayram qilayin,
O’zimga oro berayin.
Shundoq ham chakki emasman,
Yanada go’zal bo’layin.
Bugun bir janon bo’layin,
Qo’g’irchoqqa aylanayin.
Kim ko’rsa, kormasa mayli,
O’zimga yoqsam bo’lgani.
G’iybatlari qurib ketsin,
Mishmishlari uchib ketsin,
Bugun men hammadan go’zal,
Alamlari yonib ketsin.
Bugun bir asal bo’layin,
Qo’g’irchoqqa aylanayin.
Kim ko’rsa, ko’rmasa mayli,
O’zimga yoqsam bo’lgani.
Bugun men go`zalman juda.

Читать далее Скрыть описание
Еще