Yoshligimni, ko’p sog’indim, men qaytolmadim.
Andijonlik ul go’zalni, unutolmadim,
Aytay dedim muxabbatim, hech aytolmadim,
Andijonlik ul go’zalni, unutolmadim.
Taqdir meni ko’p yo’llarga boshlagan bo’ldi,
Goh kuldirib, goh ko’zlarim yoshlagan bo’ldi,
Ammo yurak ul go’zalni sog’inib kuydi,
Andijonlik ul go’zalni, unutolmadim,
Bolalikning ko’chalari, eslatar seni,
Ilk qo’lingdan tutgan kunim, qumsatar seni,
Yor-yor bo’lib ketgan kuning, yig’latar meni,
Andijonlik ul go’zalni, unutolmadim.