Jasurbek Mavlonov - Borman

Jasurbek Mavlonov - Borman

1589
2
656
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Jasurbek Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Jasurbek Mavlonov - Borman:

Jamolingdan o’rgilay yurtim,
Savlatlaringga borman.
Bog’laringda olmayu-anor,
Ne’matlaringga borman.

Bag’ringda el xurramu shodon,
Madhing aytib tillarim biyron,
Dunyo ko’rib erkingni hayron,
Hayratlaringga borman.

Farzandlaring o’smoqda yayrab,
Seni noming qalbiga joylab,
Nuroniylar duolar aylab,
Hurmatlaringga borman.

O’g’il qizing bag’ringda erka,
Dunyo bilan bellashar bunda,
Polvonlaring bermaydi yelka,
G’ayratlaringga borman.

Nasli toza tomirda qonim,
Ilm koni ota makonim,
Oltin meros olti maqomim,
San’atlaringga borman.

Ko’zlar qarab yayraydi rostan,
Bir yog’im bog’, bir yog’im bo’ston,
O’zbekiston tillarda doston,
Hayratlaringga borman.

Senga fido tan birla jon-u,
Jonin bergan Sohibqiron u,
Kezayotgan dunyoda shonu,
Shuxratlaringga borman.

Читать далее Скрыть описание
Еще