Agar fursat bersangiz, ko’nglingizga kiraman,
Agar ruxsat bersangiz, man siz bilan qolaman.
Ko’nglingizning qulfiga, kalit bo’lsin so’zlarim,
Sochingizni zulfini , ko’rmay qursin ko’zlarim,
Shu soch mening dorimdir, shu soch bilan o’laman.
Mani yo’qlab kichik yo’lakdan,
Qadam bosib yorim keladi,
Nigohini solmay hech tomon,
Biz deb vafodorim keladi.
Yurishlar-u turishlar o’zga,
Boqishlar-u kulishlar o’zga,
Bilib nogoh betobligimni
Har nega tayyorim keladi,
Qadam bosib yorim keladi.
Bemor bo’lib qoldim rostanam,
Oh yuragim, oh jigarim,
Oshiqmano og’ridi tanam,
Xatto yaqin bo’lib do’stdanam
Biz deb vafodorim keladi,
Bemor qilgan zolim keladi.
Mani yo’qlab kichik yo’lakdan,
Qadam bosib yorim keladi,
Nigohini solmay hech tomon,
Biz deb vafodorim keladi.