Jasurbek Mavlonov - Tadbirkor
Jasurbek Mavlonov - Tadbirkor

Jasurbek Mavlonov - Tadbirkor

568
0
157
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Jasurbek Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Jasurbek Mavlonov - Tadbirkor:

Ey tadbirkor, ey tadbirkor,
Elga o’zing zo’r madadkor,
Sening aziz boshginangda
Yana qanday g’oyalar bor,

Bosgan izing chaman bo’lsin!
Bu hur makon nurga to’lsin!
Har sohada bunyodkorsan,
Topgan noning halol bo’sin!

Tuning kuning mehnat bilan,
Shiddat bilan g’ayrat bilan,
Yurtga nafim tegsin deding
Bel bog’lading sen ahd bilan.

Tog’larni ham talqon qilding,
Yo’q joydan ham imkon qilding,
Hirmon to’lib, uylar qurib,
Sen hammani hayron qilding.

Ko’rdim orzu o’ylaringni,
Qurgan go’zal uylaringni,
Zamon bilan hamnafassan
Senga atay kuylarimni,

Ortingda xalq ishonchi bor,
Uni senday tayanchi bor,
Ildam bo’lding har jabhada,
Farzandlaring quvonchi bor.

Ko’rganlarim mo’jizadur,
Qurganlaring mo’jizadur,
Sen yurtim deb ish boshlasang
Yaratgan ham qilgay qodir.

Sen bu bilan to’xtab qolma,
Imkon keldi ortda qolma,
Kelajaging mustahkam qil
Mehnat qilib sira tolma.

Читать далее Скрыть описание
Еще