Omadim keldi sevgida Rizvongul-e,
Rizvongul
Bunga hamma kuldida, sevmay o’le,
Rizvongul
Qolding menga boylanib,
Yor bo’lmakka shaylanib,
O’tirmading o’ylanib,
Ketdik yure Rizvongul
Olib ketay tog’larga,
Yashil-yashil bog’larga,
Unga tegma deganlar,
O’zi qolsin dog’larda-ey
Akang kelsin ko’rgani,
Opang kelsin ko’rgani,
Bola chaqali bo’lsang,
Vaqting bo’lmas kelgani-ey
Ketding Rizvongul
Yuzta go’zal kulsa ham
Jonim sandan kechgim yo’q,
Bizlar ketar joylarda
Rashk qilmagin, hech kim yo’q.
Rizvongul
Tog’da uchar burgutlar,
Unga hamroh bulutlar,
Topganimda ketlaylik-ey,
Dil qulfiga kalitlar-ey,
Tezroq ketsang qaniydi,
Baxtga yetsak qaniydi,
Ko’changda ko’p turmayin,
Meni hamma taniydi,
Ketdik Rizvongul
Biz ketmasak bo’lmaydi,
Ayt g’ururdan kechaymi,
Uyalmasdan uyingda,
Ich kuyov bo’lib yashaymi,
Ketdik Rizvongul
Ezvording-ey Rizvongul
Tezroq bo’l-ey Rizvongul
Ketdik yur-ey Rizvongul
O’zim o’ley Rizvongul