Aqlimni o’g’irlab ketgan,
O’shal yorim qaylardasan
Yuragimni sehrlab ketgan,
Go’zal yorim qaylardasan
Hayolimga, hayotimga,
Bayotimga, har onimga,
Suratini muhrlab ketgan
O’shal yorim qaylardasan.
O’sha oshiq shaydo o’zim,
Bol so’zingga gado o’zim,
Har yo’lingda paydo o’zim,
Fido o’zim, ado o’zim,
Mendan yiroq yo’llardasan,
Olisdasan, oylardasan
Qo’lim yetmas joylardasan,
Qaylardasan, qaylardasan?
Hayr deding shu so’zingga,
Loyiqmidim? Ayt o’zimga
Dardlarimga, boq so’zimga,
Hijron oqqan qon ko’zimga,
Istagim yo’q bu jazmga,
Jabrga band bu bazmga,
Ishq bitilmas yulduzimga,
Qaytmas yorim qaylardasan?
Go’zal yorim qaylardasan?
Sevar yorim qaylardasan?