Kirmoqchi bo’larlar yuragimgacha,
Noxushlik qilsamda maqtab tonggacha,
Hudo ko’rsatmasin yiqilsam agar,
Qarang atrofimdan qochganlar qancha.
Barchani muzlatgan qorsan deydilar,
Yaxshiyam dunyoda borsan deydilar,
Lochin yo’lda qolar sorsan deydilar,
Qarang osmonimda uchganlar qancha.
Sirimni o’g’irlab, mehrim o’g’irlab,
Xatoyim to’g’irlab, dilim sehrlab,
Kelib qulog’imga asta pichirlab,
Yechilmas tugunni yechganlar qancha.
Dardlarim yotadi titrab tanamda,
Bitirar ishini ko’ngil xonamda,
Jigardan yaqinim deb ostonamda,
Maqtab sharobimni ichganlar qancha.
Ishondim ko’zdagi yoshlarin artib,
Ketgan yaqinlarim kelganda qaytib,
Belimda kuch qolmay qolsam gar qarib,
Darrov kafanimni bichganlar qancha.
G’iybat eshigini yopdim qiynalib,
Yopguncha ming bora ketdim loylanib,
Sochi suluvlarga qolsam boylanib,
Yana shu eshikni ochganlar qancha.
Ko’plarin bilmaysiz dardim ichimda,
Dard bor san’atimdan olgan kuchimda,
G’am bilan to’qnashgan har bir kunimda,
Bir-bir hayolimdan o’tgan qancha.
O’shal g’animlarga zo’rlik qilmayman,
Omonlik tilayman, sog’liq tilayman,
Bilmaysiz do’stlarim men ham bilmayman,
Sodiq do’stlaridan kechganlar qancha.
Maqtab sharobimni ichganlar qancha
Darrov kafanimni bichganlar qancha
Jasurbek deb turib kechganlar qancha
Boshimga ish tushgach qochganlar qancha