Jasurbek Mavlonov - Pariro’y
Jasurbek Mavlonov - Pariro’y

Jasurbek Mavlonov - Pariro’y

1435
1
374
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Jasurbek Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Jasurbek Mavlonov - Pariro’y:

Pariro’y sanamlar aqlim olsalar,
Armonlar dilimga g’uluv solsalar,
Oh desam, ohlarim yetib borsalar,
Go’zal dildorga-ey o’shal dildorga

Ishqing osmonida quzg’unlar uchsa,
Ismingni bahorlar guldan so’rasa,
Men emas sevgimni hayollar quchsa,
Bu jonim halakda, jonim halakda

Buzilib biz qilgan ahd-u paymonlar,
Ko’nglimdan suv ichib o’sdi hijronlar,
Meni olib ketdi turu g’irmonlar,
Osmonu falakka, osmon falakka

Sen bosgan izlardan gulladi chaman,
Samolar qalbimdan izladi maskan,
Faqat og’ir bo’ldi o’zi suymagan,
O’shal yurakka-ey, o’shal yurakka

Pariro’y sanamlar aqlim olsalar,
Armonlar dilimga g’uluv solsalar,
Oh desam, ohlarim yetib borsalar,
Go’zal dildorga-ey o’shal dildorga

Читать далее Скрыть описание
Еще