Oshiq bo’ldim yuragimni yeding-a
Ko’rishganda ketmay turing derding-a
Men ko’rganda o’n yetti yosh eding-a
Bugun yorim qolibsane o’zgarib.
Bo’z yigitman boshqaga hech boqmagan,
O’zga bog’dan o’zga gulni uzmagan,
Sen bezsang ham o’z yoridan bezmagan,
Bugun yorim qolibsane o’zgarib.
Ado muxabbatni yo’llari,
Ortda qoldi ayriliqning yillari,
Yo tutdimu o’zga yorning qo’llari,
Bugun yorim qolibsane o’zgarib.
Jondan ortiq sevarding-ku oh mani
Seni so’rab kimlar eshik qoqmadi,
Bugun esa hech bir gapim yoqmadi,
Nechun yorim qolibsane o’zgarib.
Oshiq bo’ldim yuragimni yeding-a
Ko’rishganda ketmang aka derding-a
Men ko’rganda o’n yetti yosh eding-a
Ulg’ayibsan qolibsane o’zgarib.
Aybim nima bilolmadim bilmadim,
Tashlab ketib yo ustidan kulmadim,
Uchrashuvga yorimga gul olmadim,
Shundan yorim qolganmikan o’zgarib.
Qoshing qora ko’zing charos chiroylik,
Qo’y yig’lama doim kulib yuraylik,
Aybing seni onang tuqqan chiroylik,
Bugun yorim qolibsane o’zgarib.
Qoshing qora ko’zing charos chiroylik,
Baxtli bo’lib birga davron suraylik,
Chol-kampir bo’p qarib murib yuraylik
Avvalgidan chiroylisan o’zgarib