Qoshi qora Gulsara,
Axvolimga bir qara,
Men Toshkentdan kelguncha,
Boshqani yor debsana
Gulsara
Sabring tugab bitdimi,
Kutish jondan o’tdimi,
Meni yaxshi ko’rmagan,
Yo onang aynitdimi?
Ayt Gulsara
Men o’zimni sher derdim,
Men o’zimni zo’r derdim,
Soddamanda adashib,
Bevafoga dil berdim.
Dardim tinglang odamlar,
So’zim anglang odamlar,
Maxallamga endi man
Qanday qo’yay qadamlar?
Gulsara
Yuzimni xatlab o’tibsan,
Yolg’on yig’lab ketibsan.
Baxtli qil deb akamni,
Rizvongulga aytibsan.
Gulsara
Bugun qo’shnim uyiga
Kelin keldi yor-yor,
Borolmayman u yoqqa
O’ltiraman zor-zor,
Onam aytar zerikma
O’g’lim to’yga bor-bor,
Borolmayman onajon
Or qilaman or-or
Gulsara