Surhandaryo degan elga,
Tog’lar oshib man mehmonga keldim-ey,
Ko’rib qoldim baxshi qizni,
Gapga tutdim yaxshi qizni suydim-ey,
Do’mbira, do’mbira, do’mbira
Do’mbira, do’mbira, do’mbira
Do’mbirasin chalib berdi.
Kuydira, kuydira, kuydira
Kuydira, kuydira, kuydira
Kulib qo’ydi.
Menga doston aytib berdi,
Kuyib Barchinning xoliga, xoliga,
Yig’lar bo’ldik, achinib, achinib,
Alpomishning axvoliga joniga,
Dostonimiz yaxshilikla tugar bo’ldi,
Kulib qo’ydim yaxshi qizga
Ko’nglimdagin izhor qilib,
Muxabbatdan so’z boshladim baxshi qizga
Do’mbira, do’mbira, do’mbira
Do’mbira, do’mbira, do’mbira
Do’mbirasin chalib berdi.
Kuydira, kuydira, kuydira
Kuydira, kuydira, kuydira
Kulib qo’ydi.
To’y qilaylik Alpomishman
Barchin bo’ling yuragimning o’g’risi,
Yo’q-yo’q dedi boshim bog’liq
O’zga yorni kutmoqdaman to’g’risi,
Boshim egib uyga qaytdim
Uni qo’yib o’toviga, uyiga,
Hech bo’lmasa Alpomishdan kuylab bering,
Jasurbekning to’yida.