Jasurbek Mavlonov - Dehqon

Jasurbek Mavlonov - Dehqon

1617
2
612
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Jasurbek Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Jasurbek Mavlonov - Dehqon:

Mehnatda chaqqon, kamtarin inson,
Yig’ib terding don, jon bobo dehqon.
Belingda belbog’ qilding bog’u-rog’,
Tilagi oppoq jon bobo dehqon.
Qo’lingda ketmon, mehnatda chaqqon
Yig’ib terding don, jon bobo dehqon.

Mehnatdan qochmas ertam yorqin deb,
Shirin ne’matlar yesin xalqim deb,
Haqqa shukrona desin xalqim deb,
Qo’lingda ketmon, mehnatda chaqqon
Yig’ib terding don, jon bobo dehqon.

O’zing aylading cho’llarni obod,
Tuproqdan etding risqu ro’z ijod,
Mehnatga berding qalbing qo’rini,
Mehmonga berding uying to’rini,
Ey qalbi obod, ey tili novvot
Sen borgan joyda yashillik bunyod.

Qo’lida ketmon, mehnatda chaqqon
Elga mehribon, jon bobo dehqon.

Quyosh hamrohing har tong ertalab,
Mol xosil olding yerni erkalab,
Yig’ib terib don, to’ldirib xirmon,
Mehnatda javlon, jon bobo dehqon.

Kamtarin inson, mehnatda chaqqon,
Elga mehribon, jon bobo dehqon.

Читать далее Скрыть описание
Еще