Jasurbek Mavlonov - Akam

Jasurbek Mavlonov - Akam

22823
113
6984
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Jasurbek Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Jasurbek Mavlonov - Akam:

Bolalikdan birga o’ynagan akam,
O’yinchoqlarga siylagan akam,
Qayg’urib ertamni o’ylagan akam,
Bugun men ozgina quchganda zafar,
Bemor bo’lganingda olmadim xabar.

Ishongan tog’imsan, o’zing g’ururim,
Qalqonim eding-ku hammadan zo’rim.
Kasal bo’lma endi ey ko’zim nuri
Bugun men ozgina quchganda zafar,
Bemor bo’lganingda olmadim xabar.

Kechirgin gohida beboshlik qildim,
Tajanglik qildim, ko’p yoshlik qildim,
Dilxunlik qildim, dilxushlik qildim,
Nomard kimsalardan bo’lmadi samar,
Bemor bo’lganingda olmadim xabar.

G’aming so’rolmadim, yoshim to’kaman,
Nega asrolmadim, istirob chekaman,
Qadringga yetmagan men qanday ukaman
Dunyoga keltirgan bir pushti kamar,
Bemor bo’lganingda olmadim xabar.

Gohida hayotni kuzatdim sokin
Xatto begonalar jigardan yaqin,
Yanada ochildi ko’zlarim yorqin,
Men go’dak ukangni kechir bir safar,
Bemor bo’lganingda olmadim xabar.

Jon og’am ulg’aydim qalqoning bo’lay,
Madoring yo’qmi ayt darmoning bo’lay,
Bir diydorlashaylik mehmoning bo’lay,
Yoningda yuksalay men osmon qadar
Bemor bo’lganingda olmadim xabar.

Читать далее Скрыть описание
Еще