Alisher Zokirov - Bir savol
Alisher Zokirov - Bir savol
Видео:

Alisher Zokirov - Bir savol

875
0
510
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Alisher Zokirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Alisher Zokirov - Bir savol:

Bir savol bor dunyoda, baxtlimisiz deydilar,
Yarim dunyo g‘avg‘oda, yuragini yeydilar.

Bir savol bor dunyoda, farzand bormi deydilar,
Bunday og‘ir savdodan, yuragini yeydilar.

Yuragini yeydilar, yuragini yeydilar,
Bunday og‘ir savdodan, yuragini yeydilar.

Bir savol bor dunyoda, ota bormi deydilar,
Yarim dunyo nidoda, yuragini yeydilar.

Bir savol bor dunyoda, ona bormi deydilar,
Yarim dunyo judoda, yuragini yeydilar.

Bir savol bor dunyoda, vafo bormi deydilar,
Yarim dunyo oftobda, yuragini yeydilar.

Bir savol bor Mirzoda, davo bormi deydilar,
Bedavo ko‘p dunyoda, yuragini yeydilar.

Yuragini yeydilar, yuragini yeydilar,
Bunday og‘ir savdodan, yuragini yeydilar.

Читать далее Скрыть описание
Еще