Jasurbek Mavlonov - Odam

Jasurbek Mavlonov - Odam

176
0
190

Информация о песне:
Год выпуска
2018
Артисты
Jasurbek Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Jasurbek Mavlonov - Odam:

Gohida orzuga yetib bo’lmaydi,
Risqi bo’lmas yerdan terib bo’lmaydi,
Bitilgan taqdirdan ketib bo’lmaydi,
Ertaga nimalar bo’lmaydi odam.
Halollikda baxtni topmog’ing tayin,
Xato qilib ortga qaytmog’in qiyin,
Yurakdagi dog’ni artmog’in qiyin,
Ertaga nimalar bo’laydi odam.

Odam, odam, odam,
Ertaga nimalar bo’lmaydi odam.
Odam, odam, odam,
Ertaga nimalar bo’lmaydi odam.

Odamzod yashasa boylik g’amida,
So’roqlamas hech kim og’ir damida,
Qadrla qarindosh, do’stni borida,
Ertaga nimalar bo’laydi odam.
Ko’rpaga o’ranib yotarsan xasta,
Farzandlaring bo’lsa xo’p kamarbasta,
Joning olar ajal kelsa bir pastda,
Ertaga nimalar bo’laydi odam.

Odam, odam, odam,
Ertaga nimalar bo’lmaydi odam.
Odam, odam, odam,
Ertaga nimalar bo’lmaydi odam.

Goh kulsang gohida ko’z yosh tomchi,
O’zi taqdir bizga yolg’on arg’amchi,
Nopoklikda qurgan baxting aldamchi,
Ertaga nimalar bo’laydi odam.
Buguning ham ertang o’zing qo’lingda,
Adashmagin to’g’ri yurgan yo’lingda,
Ezgulik ufirsin o’ngu-so’lingda,
Ertaga nimalar bo’laydi odam.

Читать далее Скрыть описание
Еще