Vaqtlar o’tdi kunlar ham,
Yolg’izlikda tunlar ham,
Qiynalib ketgan edim,
Halovatsiz kunlardan.
Ajraldik nima uchun?
Faqat aldamasdan ayt.
Kechiring deb oldimga,
Yig’lamasdan dema qayt.
Sababini aytmasang,
Nima ham qilar edim?
Boylik uchun ketganding,
Buni ham bilar edim.
Mana ko’zing yoshlanib,
Bir o’zing qolmoqdasan.
Meni sevmagan eding,
Gapingdan tonmoqdasan.
Sabab? Sabab? Sabab?
Ajralishimizga ayt, qani,
Sabab? Sabab? Sabab?
Yig’lamasdan menga ayt.
Sababini aytmasang,
Ketaver eshitmayman.
Mana sabab, sabab, sabab,
Boyliging bo’ldi sabab.
Aytgin. Sabab? Sabab? Sabab?
Ajralishimizga ayt, qani,
Sabab? Sabab? Sabab?
Yig’lamasdan menga ayt.
Sababini aytmasang,
Ketaver eshitmayman.
Mana sabab, sabab, sabab,
Boyliging bo’ldi sabab.
Yarim qilib yuragim,
Ketganingda man ortingda edim.
Bo’lmadi keragim,
Senga zor bo’lib qolmoqda edim.
O’sha kun esimda,
Oq libosingda chiroyli eding.
Qarshingda edim man,
Lol bo’lib yana qolmoqda edim.
Sevmagan deysana,
Huddi yoningda bo’lmagan edim.
Aldagandeksana,
Hiyonatingni ko’rmagan edim.
San uchun yo’qmana,
Man tomon kulib boqmagan eding.
Sevib qolganmana,
Avval boshida yoqmagan eding.
Yor-yorlar senga aytilib bo’lgan.
Yor-yorlar sendan ayirib bo’lgan.
Yori borlar nega oxirida ayrilar?
Zori borlar mendayin g’ir yo’llarida qayrilar.
Man yana man, yana har kuni tunda yolg’izlanib qolaman,
Yana man sani tunlari izlab, sog’inib yuraman.
Yana man sani sog’inib, sog’inib, sog’inib qolaman.
Sog’inaman.
Sabab? Sabab? Sabab?
Ajralishimizga ayt, qani,
Sabab? Sabab? Sabab?
Yig’lamasdan menga ayt.
Sababini aytmasang,
Ketaver eshitmayman.
Mana sabab, sabab, sabab,
Boyliging bo’ldi sabab.
Aytgin. Sabab? Sabab? Sabab?
Ajralishimizga ayt, qani,
Sabab? Sabab? Sabab?
Yig’lamasdan menga ayt.
Sababini aytmasang,
Ketaver eshitmayman.
Mana sabab, sabab, sabab,
Boyliging bo’ldi sabab.