Shoxruz (Abadiya) - Oddiyman

Shoxruz (Abadiya) - Oddiyman

1364
2
833
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Shoxruz (Abadiya)
Авторы текстов
Shoxruz (Abadiya)
Аранжировщики
Shoxruz (Abadiya)
Композиторы
Shoxruz (Abadiya)
Перейти на страницу артиста
Текст: Shoxruz (Abadiya) - Oddiyman:

Qaytishingdan ne ma‘no,
Agar meni sevmasang.
Nelar istaysan axir,
O‘zgalab ketgan bo‘lsang.

Senga bera olganim,
Ushalmagan orzular.
Yomg‘irdagi soyabon,
Va o‘sha arzon gullar.

To‘kilganda xazonlar,
Yog‘ganda yomg‘irlar.
U men bilan emas,
O‘zga bilan uchrashar.

To‘g‘ri oddiy yigitman,
Qasrlar qurolmayman.
Balki sabab shundami,
Bilmadim, bilolmayman.
Sen aytaver yuzimga,
Ko‘zlari xumorim.
Yetmadi balki,
Nafsingga boyligim.
Ha o‘sha oddiyman,
Oddiy maosh-oyligim,
Arzon gullarim.

Ha, to‘g‘ri, hammasi to‘g‘ri,
Hamma gaplaringga qo‘shilaman.
Balki yuragingda manga joy qolmadi,
Balki mani oddiyligim to‘g‘ri kelmadi.
Balki umuman boshqa sabab,
O‘ylanib qoldim, ko‘zlaringga qarab.

Ketganingdan buyon, ortingdan bormadim,
San esa qara, qaytib kelding.
Yuragingda agar qolib ketgan so‘zlaring bo‘lsa ayt,
Hammasini ayt eshitaman,
Lekin negadir jimsan, nega jimsan?
Axir ketgayotganingda gap bermagan eding,
O‘ylamagan eding, eshitmagan eding.
Qaramagan eding, mani holimga,
Endi nega jimsan?

Sen aytaver yuzimga,
Ko‘zlari xumorim.
Yetmadi balki,
Nafsingga boyligim.
Ha o‘sha oddiyman,
Oddiy maosh-oyligim,
Arzon gullarim. (2x)

Читать далее Скрыть описание
Еще