Meni, aybla mayli yana-yana,
O‘zingni tushunolmayapsanku,
Qara, menga qiladi alam-alam,
Axir sen emasmu ilk qadam qo‘ygan hayotimga.
Bu to‘g‘rimas, bir bora so‘ra ahvol,
Ko‘rmayapsanmi, chin sevgim sanga uvol.
Bu hayollar mani qo‘ymasmu omon,
Yolg‘on emas, telba bo‘lganman ishon.
Har tun azob, sog‘inaman sani yana,
Yana qancha azob bermoqchisan manga ayt,
Dardim yangila, aqlimni kes,
Yuragimni qiyna.
Ha bilaman, sanga yoqmasdi mani odatlarim,
Yanada kiyinishlarim yoqmasdi, oddiyligim.
Sezardim, o‘zgarib borayotganing,
O, mani asalim, quralay ko‘zim,
Yolg‘onli shirin so‘zim.
Doim kamchilik topding hatto so‘zlarimdan,
Dilimni og‘ritaverding bilib bilmasdan.
Mayli aybla mani qancha hoxlasang,
Baribir hatlab o‘tding vafoni ustidan.
Meni, aybla mayli yana-yana,
O‘zingni tushunolmayapsanku,
Qara, menga qiladi alam-alam,
Axir sen emasmu ilk qadam qo‘ygan hayotimga.
Kecha bir tush ko‘ribman,
Unda san oq libosda.
Yoningda esa boshqa,
Ko‘zlaring ko‘zlarida.
Dugonalaring menga,
Ensasini qotirgan.
Huddi aslida sen emas,
Ular mendan qutilgan.
Uyg‘onib ketib tunda,
Juda hursand bo‘lgandim.
Chunki ayriliqni bilsang,
Sababini topgandim.
Lekin afsuslar bo‘lsin,
Hatto sabab bu emas.
Yuragimni qiynagan,
Savolga javob bu emas.
O‘tadi bu kunlarim,
Bilsang halovatim yo‘q.
Sani bu qilmishingdan,
Yuragimga tekkan o‘q.
Qancha qiyin bo‘lganini,
Bilmadingda eh, gulim!
Sani eslaganim sari,
Keladi yana ko‘rgim.
Sani esa xushing yo‘q,
Yuribsan kimlar bilan?
Man esa kulolmadim,
O‘sha san ketgan kundan.
Sababini ham aytmading,
Balki mani shu qiynaydi.
Manimcha oddiyligim,
Bunga sabab bo‘lolmaydi.
Seni sog‘indim,
Bevafoyim ko‘zlaringni sog‘indim.
Yolg‘on bo‘lsada shirin so‘zlaringni sog‘indim,
Jonim, sog‘indim degan so‘zlaringni sog‘indim.
Ilk qadam qo‘ygan hayotimga…