Mashxurbek Yuldashev & Izzat Hodjayev - Ustozlar xotirasiga
Mashxurbek Yuldashev, Izzat Hodjayev - Ustozlar xotirasiga

Mashxurbek Yuldashev, Izzat Hodjayev - Ustozlar xotirasiga

978
0
428
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Mashxurbek Yuldashev, Izzat Hodjayev, Javohir Tojiboyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Mashxurbek Yuldashev, Izzat Hodjayev - Ustozlar xotirasiga:

Mangu yashamoqlik asli,
San’atning vazifasi.
Jahon sahnalariga,
Ko‘milgan xazinasi.

Avlodlarga qolgan me‘ros,
Go‘zal ijod bo‘lgani rost.
San‘atga jon fido qilgan,
Qo‘llaridan tushmagan soz.

Qalbimizda siz Ustozlar,
Unutmagaymiz Ustozlar.(2x)

Kuldirib ma‘yus ko‘z bilan,
Lol aylardi bir so‘z bilan.
Samolarga sochilgancha,
Yashamoqda yulduz bilan.

Qo‘lga olsa qalamini,
Unutgan bor olamini.
Tuyg‘ularin to‘kib solgan,
Ijoddan olgan alamini.

Qalbimizda siz Ustozlar,
Unutmagaymiz Ustozlar.(2x)

Sozin qo‘lga olgan zamon,
Kamolga baxt etgan zabon.
Dillarda mavjlanib, jo‘shib,
Kuylarda yashaydi hamon.

Farzand bilib shogirdini,
Ko‘rsatardi el dardini.
Kiprigida artib o‘tgan,
Sahnalarning har gardini.

Qalbimizda siz Ustozlar,
Unutmagaymiz Ustozlar.(2x)

Читать далее Скрыть описание
Еще