Mashxurbek Yuldashev - Janon

Mashxurbek Yuldashev - Janon

202
0
135

Информация о песне:
Год выпуска
2018
Артисты
Mashxurbek Yuldashev
Авторы текстов
Mashxurbek Yuldashev
Композиторы
Mashxurbek Yuldashev
Перейти на страницу артиста
Текст: Mashxurbek Yuldashev - Janon:

Bazminga ko’ngil talpinadur
Kechayu — kunduz
Ey, suhbati janon..

Chun lali dudog’ingda uchar
Bitta shirin so’z
Jon dardig’a darmon..

Sen birla muloqot jonu
ko’klarda yurarman
Qalbimga quyoshjon..
Gulshan kabi yashnaydi ko’ngil,

Gar esa ma’yus
Ham chehra charog’on,
Ham chehra charog’on

Bazminga ko’ngil talpinadur

Kechayu — kunduz
Ey, suhbati janon..
Chun lali dudog’ingda uchar

Bitta shirin so’z
Jon dardig’a darmon,
Jon dardig’a darmon

Did, aqlu — zakovatda seni Tangri Ta’olo
Bekam yaratipdur
Kim husning uzuk bo’lsa
adobingni etib ko’z
Aylabdi namoyon, aylabdi namoyon

Shu ko’rki — kamolot
bila yurtga bezaksan
Manguga keraksan..
Ey, qoshi — ko’zi, sochlari tun,
Chehrasi kunduz
Dil bog’iga bog’bon,
Dil bog’iga bog’bon

Bazminga ko’ngil talpinadur
Kechayu — kunduz
Ey, suhbati janon..
Chun lali dudog’ingda uchar

Bitta shirin so’z
Jon dardig’a darmon,
Jon dardig’a darmon

Baxs aylasalar sen
bilan olamda sanamlar,
Mot qolmog’i be’shak..

Ul barchasi tegrangda
yonib uchquchi yulduz
Sen sohibi osmon.

Olamcha fazilatni ko’rib senda mujassam
Har bir sifatingni..

Kuylashga habibingni ato ayladi mahsus
Bul mulki namoyon,
Bul mulki namoyon

Bazminga ko’ngil talpinadur
Kechayu — kunduz
Ey, suhbati janon..

Chun lali dudog’ingda uchar
Bitta shirin so’z
Jon dardig’a darmon,
Jon dardig’a darmon.

Читать далее Скрыть описание
Еще