Shoxruz (Abadiya) - Qaytmagin
Shoxruz (Abadiya) - Qaytmagin

Shoxruz (Abadiya) - Qaytmagin

981
1
504
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Shoxruz (Abadiya)
Перейти на страницу артиста
Текст: Shoxruz (Abadiya) - Qaytmagin:

Unut deya ketding, qoldim bir o‘zim,
Sensiz yaxshi deding, qaytdim o‘zimga o‘zim.
Qaytmagin hali beri, unutganim yo‘q seni,
Qaytmagin hali beri, xasta yuragim meni.

Nimadir bo‘ldi, o‘zgarib ketding,
Va‘dalaringni esla, manga aytgan eding.
Axir sevar eding, sog‘inar eding,
Yolg‘onmidi aytgin, qizg‘onganlaring?!

Kerakmas bo‘ldi tamom, sani sevgan yurak,
Manimcha ancha bo‘ldi, unutgan bo‘lsang kerak.
Nahot endi gulim, ortiq sevmaysan,
Oldingidek tongdan qo‘ng‘iroq qilmaysan…

Oldinlari o‘zing, yig‘lab aytar eding,
Rozi bo‘lishmasachi, uydagilaring.
Tonggacha uxlamay, dardlashar edik,
Hatto go‘shakni qo‘ymay, uxlab qolar edik.

Bularning hammasi, bugun yuragimni,
Parcha-parchaladi, san bilmaysan buni.
Davolar izladim, ammo topolmadim,
Sani deb qiynaldim, lekin unutolmadim.

Ketsang gar, kelmagin, unutishga yordam berib,
Kelmagin, qaytmagin, o‘zga bog‘da ifor sochib.
Gullagin, eslagin, unutolmayapti deya,
Qaytmagiiiiin!

Sani deb qiynaldim, lek unutolmadim…

Ketsang gar, kelmagin, unutishga yordam berib,
Kelmagin, qaytmagin, o‘zga bog‘da ifor sochib.
Gullagin, eslagin, unutolmayapti deya,
Qaytmagiiiiin!

Jonim san kulgin, albatta baxtli bo‘lgin,
Lek bu dunyo hisobli, shuni unutmagin.
Bu qaytar dunyo, lek ravo ko‘rmayman,
Ollohimdan sanga yaxshiliklar so‘rayman.

Bilgin sani jonim, unutmasman hech qachon,
Yuragimda asrayman, unga to‘lsa ham qon,
San esa unut mani, go‘zalim bemalol,
Soxta yo‘qlashing bilan bermagin ozor.

Bu dunyoda ko‘pdir,
Bilsang vafoli go‘zallar.
Biri termular yo‘limga,
Boshqasi go‘zalroq.

Man esa sani tanladim,
Baxtli qilishni xohladim.
To‘g‘riman, to‘g‘risan,
Kim nohaq tushunolmadim.

Afsuski, endi yuragimga,
Sig‘mas boshqalar…
Mubtalo qilib ketding,
Yetmay turuvdi dardlar.

Aytgin qanday unutay,
Bu qora ko‘zlaring.
Mani shu holga solgan,
Dardumonim o‘zing.

Ketsang gar, kelmagin, unutishga yordam berib,
Kelmagin, qaytmagin, o‘zga bog‘da ifor sochib.
Gullagin, eslagin, unutolmayapti deya,
Qaytmagiiiiin!(2x)

Sani deb qiynaldim, lek unutolmadim…

Читать далее Скрыть описание
Еще