So’zlamoq ersang gapingni,
Burkama pardoz bilan.
Kelsa kim qoshingga, boqqin.
E’tibor, e’zoz bilan.
Jism-u joning birla tingla
Dost-u yorlar suhbatin, (2x)
Inson insondir hamisha
Hamfikr, hamroz bilan. (2x)
Toma-toma ko’l bo’larmish
El aro bordir naql,
Bir butun olam yaralmish
Kam-kamu, oz-oz bilan.
O’z kamolingga o’zing sen,
Posbon-u soqchi bol. (2x)
Xokisor-u xor etma,
Ulfati nosoz bilan. (2x)
Tolma oltin tog’i birla
Qolsa odat istasang,
Odamiylik deb atalmish,
Bebaho me’ros bilan.
Yoq, umr yo’li uzilmas,
Zoye ketkurma uni,
Qaydagi nokas-u nomard,
Qaydagi vosvos bilan.
To abad Oxunjoningni
Bog’la mahkam rost bilan. (x2)
Bog’la mahkam rost bilan…