Hilola Hamidova - Nasihat
Hilola Hamidova - Nasihat

Hilola Hamidova - Nasihat

143
0
97

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hilola Hamidova
Перейти на страницу артиста
Текст: Hilola Hamidova - Nasihat:

Bugundan boshlabon, o‘zga uy oshiyon qizim,
Tug‘ilgan uyingga endi sen mehmon qizim.(3x)

Qay yo‘lga kirmoq tilab, mendan nasihat so‘rma keyin,
Endi nasihatni qilib, yoningdagi sarbon qizim.

Hayot ho‘li tog‘ yo‘lidur, sermashaqqat, sertikon.
Bu baland tog‘lar uzra, qo‘yib bo‘lmag‘ay narvon.

Yangi ota-onagga mehribon bo‘l suygulik,
Mehri yo‘qlar baxt topibdir desalar yolg‘on qizim.

Erga ta‘zim aylamasdan, sajda qilma Ollohgaki,
Sajdang ijobat bo‘lmag‘ay,
Hukmi hadis Qur‘on qizim.

Zeb-u ziynatga berilma, ziynating odob erur,
Ziynatni toshdin izlasang, narxlaring arzon bo‘lur.

O‘ttiz ikki tishlaring bor, bitta tilga soqchidir,
Chiqsa jaxling tishlab uzgin, tillaringni jon qizim.

Uyga kelsang poying uzra, qo‘y so‘yay, jonliq so‘yay,
Jonliq topilmay qolsa gar, shu bitta jon qurbon qizim,
Bitta jon qurbon qizim.

Suv sel bo‘lib kelsa simir, tog‘-u tosh kelsa kemir,
Voh dema tushsa qulab, boshingga gar osmon qizim,
Boshingga gar osmon qizim.

Fayz olib bor, rizq olib bor, baxt olib bor, bor qizim,
Qarshi olgin sen quyoshni, tong sahar uyg‘on qizim.

Qarshi olgin sen quyoshni, tong sahar uyg‘on qizim,
Heeey, aylanayin jon qizim!

Читать далее Скрыть описание
Еще