Hilola Hamidova - Shunchamidi
Hilola Hamidova - Shunchamidi

Hilola Hamidova - Shunchamidi

3278
3
1718
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hilola Hamidova
Перейти на страницу артиста
Текст: Hilola Hamidova - Shunchamidi:

Dilbarim, la’l labing labmidi, g‘unchamidi?
Qirmizi rang yuzlaring yo shirmoyi kulchamidi?

Tob berolmay lol qolurman shahlolaring oldida,
Ko‘zlaringning shu’lasi lovullagan kunchamidi?

Aqlu hushim chirmagan kokillaring har tolasi,
Buncha ham tim qoradur, yo zim-ziyo tunchamidi?

Men vafodan so‘zlasam, ishvalaring jonim yoqur,
Hijronu sitamlaring ag‘yor kulgunchamidi?

Tunlari bedor kutgan gul-gul visoling muddati
Qayg‘u bilmas yuragim hijronga to‘lgunchamidi?

Yo‘llaringga ko‘z tutarman, nega boqmaysan manga,
Vaslingga zorligimning qimmati shunchamidi?

Читать далее Скрыть описание
Еще