Hilola Hamidova - Mazzada
Hilola Hamidova - Mazzada

Hilola Hamidova - Mazzada

1062
1
227
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hilola Hamidova
Перейти на страницу артиста
Текст: Hilola Hamidova - Mazzada:

Qalqidi-yu to’kildi,
O’sma to’lgan piyola.
To’kilsa, to’kilsiney,
O’zi qoshlarim qora.

Bog’ aylanib keloyin,
Hayron bo’lgandan ko’ra.
Dovuchchalar to’kilib
Suvda oqqan pallada
Bog’dan chiqmay bemalol
Hayol surish mazzada.

Dovuchchalar to’kilib,
Suvda oqqan pallada,
Bog’dan chiqmay bemalol,
Hayol surish mazzada!

Guldan ko’ra g’uncha zo’r,
Xipcha belga nimcha zo’r.
Erkalar yor nigohi.
Go’zal bo’lish muncha zo’r

Ko’zda surma yayrasa,
Hinoga bo’yalsa qo’l.

Chiroyingni qizg’onib,
Yoring rashkdan kuysa-da
Avaylab-u , ataylab,
Adras kiyish mazzada! (2x)

Ketmasin dildan hayol,
Mexr-muhabbat, vafo.
Yetti ko’cha naridan
Aylanib o’tsin xato.(2x)

Yorni degan yuraklar,
Bo’lmasin yordan judo.

Ko’zini ko’rib bir bor,
Xol so’raging kelsa-da
Sog’inganing bildirmay,
Sog’intirish mazzada!(2x)

Читать далее Скрыть описание
Еще