Men seni topgandim, ammo… Yaxshi qol!
Sen yaxshi qol degin, ko‘rishgunchamas.
Bu quyosh hali ko‘p ol bo‘ladi, ol!
U oy ham umrimga ko‘p qiladi qasd.
Sen sherik bo‘lmaysan endi g‘amimga,
Darvoqe, hech qachon sherik qilmadim.
Xayr endi, ma’zur tut ortiq-kamimga,
Men seni Layliday seva olmadim.
O‘rtanma* bu xato mushkullaridan,
Yo, rabbiy, lahzada bor orzular puch.
Men ham qaydan bilay ishq yo‘llarida
Majnun emas, senga kelarimni duch?
Men seni topgandim, ammo… Yaxshi qol!
Sen yaxshi qol degin, ko‘rishgunchamas.
Bu quyosh hali ko‘p ol bo‘ladi, ol!
U oy ham umrimga ko‘p qiladi qasd.
Men seni topgandim, ammo… Yaxshi qol! (2x)