Qizil gulning alvonidek yanoqlarim,
Erkaligim edi seni qiynoqlarim,
Mendan o’tgan bo’lsa kechir gunohlarim,
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim.
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim.(2x)
Kel, mehringni dargohidan soya ber,
Yuragimga zavq bergina, nola ber,
Men g’aribga yana bir chora ber,
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim,
Uchrashmasak bo’lmaydi, yorim.
Ikki yo’lda ikki taqdir yig’lamasin.
Qalbimizni xijron tig’i tig’lamasin.
Armon qolib ko’ksimizni dog’lamasin.
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim,
Uchrashmasak bo’lmaydi yorim.
Sabrginam kosasiga to’kay yoshim,
Mayli bugun men qarshingda egay boshim,
G’ururingdan kechib kelgin bag’ritoshim,
Uchrashmasak bo’lmaydi, yorim,
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim.
Qizil gulning alvonidek yanoqlarim,
Erkaligim edi seni qiynoqlarim,
Mendan o’tgan bo’lsa kechir gunohlarim,
Uchrashmasak bo’lmaydi, yorim.
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim.
Xazon bo’lgan ulvonlarda yurmagin,
Sevmas edi deya xayol surmagin,
Yuragimni azoblarga solmagin,
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim,
Uchrashmasak bo’lmaydi, yorim.
Qizil gulning alvonidek yanoqlarim,
Erkaligim edi seni qiynoqlarim,
Mendan o’tgan bo’lsa kechir gunohlarim,
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim.
Uchrashmasak bo’lmaydi, jonim.
Uchrashmasak bo’lmaydi, yorim.