Hilola Hamidova - Titradim
Hilola Hamidova - Titradim

Hilola Hamidova - Titradim

110
0
33

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hilola Hamidova
Перейти на страницу артиста
Текст: Hilola Hamidova - Titradim:

Gul atri gulbog‘ ichra gul novdasin kuydirar,
Oshiqning ohi har kez dil pardasin kuydirar.
Yaratgan tanlab-tanlab qul bandasin suydirar,
Tovoningga to‘kilgan tamannodan titradim.

Boychechakni bozorda terganni kim ko‘ribdi,
Qaldirg‘ochga bu qoshni berganni kim ko‘ribdi,
Yolg‘izning yostig‘ining kulganin kim ko‘ribdi,
Tovoningga to‘kilgan tamannodan titradim.

Zulfizarin ifori, axtardim, atirda yo‘q,
Qoshlarining qiyosi men topgan satrda yo‘q,
Mahmudni kul qilgaydur ko‘ksida gullagan cho‘g‘,
Tovoningga to‘kilgan tamannodan titradim.

Gul atri gulbog‘ ichra gul novdasin kuydirar,
Oshiqning ohi har kez dil pardasin kuydirar.
Yaratgan tanlab-tanlab qul bandasin suydirar,
Tovoningga to‘kilgan tamannodan titradim.

Читать далее Скрыть описание
Еще