Daryodin oqib kelodi shoda-shoda marvarid, (2x)
Ro’paramda o’tirar qoshi qaro, barno yigit,
Qoshi qaro barno yigit. (2x)
Qoshi qaro, barno yigit, hargiz ololmaysan mani, (2x)
Kokilim qimmatbaho, tashlab ketolmaysan mani,
Tashlab ketolmaysan mani.
Bog’dagi barra piyozdek, qoshlaringdan aylanay (2x)
Yangi chiqqan maysadek kipriklaringdan aylanay, o-o,
Kipriklaringdan o’rgilay
Silkinib turgan kiyikdek,
bo’ylaringdan aylanay
Bo’ylaringdan o’rgilay(2x)
Oppoq-oppoq marvariddek Tishlaringdan aylanay,
Tishlaringdan o’rgilay (2x)