Hilola Hamidova - Adashdim
Hilola Hamidova - Adashdim

Hilola Hamidova - Adashdim

1071
3
352
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hilola Hamidova
Перейти на страницу артиста
Текст: Hilola Hamidova - Adashdim:

Kel deding, ey, ishqtalab,
Bo’stoningda adashdim,
Yoz deding ko’ngil g’amin,
Dostoningda adashdim.

Uch deding, bog’la qanot,
Ko’kda maloyiklar bilan.
Oh dedim, ovora bo’ldim,
Osmoningda adashdim.
Kel deding, ey, ishqtalab,
Bo’stoningda adashdim.

Bas deding, hijron toshin,
Daryoga ot, dunyoga ot,
Voh dedim, cho’kdim basar,
Ummoningda adashdim. (x2)

Kel deding, ey, ishqtalab,
Bo’stoningda adashdim,
Yoz deding ko’ngil g’amin,
Dostoningda adashdim.

Qol deding kulbam aro,
Ko’nglim yaro, baxtim qaro,
Yohu dedim, qaytmas umr,
Karvoningda adashdim.

Shu deding, ey, Farida,
Dunyo o’zi charxi falak,
Yo’q dedim, yo’q-yo’q dedim, Yolg’oningda adashdim. (x2)

Kel deding, ey, ishqtalab,
Bo’stoningda adashdim,
Yoz deding ko’ngil g’amin,
Dostoningda adashdim.

Shu deding, ey, farid dunyo
O’zi charxi, ey falak,
Yo’q dedim, yo’q-yo’q dedim, Yolg’oningda adashdim.

Bo’stoningda adashdim,
Osmoningda adashdim.

Читать далее Скрыть описание
Еще