Hilola Hamidova - Dutor

Hilola Hamidova - Dutor

555
0
157
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hilola Hamidova
Перейти на страницу артиста
Текст: Hilola Hamidova - Dutor:

Nogahon tegsa qo’ling yig’lar dutor ,
Nolalar qilg’ay, diling tig’lar dutor. (2x)

Dardlashib sen unga darding so’ylasang,
Dil ipiga torlari bog’lar dutor. (2x)

Zavqli chog’da zavqi jo’shqin har qachon,
Ko’ksi qonni ko’ksini dog’lar dutor

Ikki tori yori zulfidan emish,
Shu sabab bag’ringni tirnoqlar dutor.

Angladim bemor ekan ul men kabi,
O’rtamizga tushmasin sog’lar dutor.
Angladim bemor ekan G’ayrat kabi,
O’rtamizga tushmasin sog’lar dutor.

Ikki bemor birga-birga kuylasak,
Suv kabi erib bitar tog’lar dutor. (2x)

Nogahon tegsa qo’ling yig’lar dutor ,
Nolalar qilg’ay, diling tig’lar dutor.

Читать далее Скрыть описание
Еще