Chalinganda tanovor,
Bo‘lib ketarsan lobar.
Sen uyinga tushgandayey,
Davrada yo‘q barobar.
Shaydo bo‘ldim raqsingga,
Dilim ko‘zgu aksinggayey.
O‘zingga xos san‘ating,
Sazovordir taxsinga.
Chalinganda tanovor,
Bo‘lib ketarsan lobar.
Davrada gir-gir aylan,
Tashna dillarga joylan.
Oshiq shoir nigohi,
Iplari bilan boylan-ey.
Raqsda bob qalbing sofdir,
Oh, menga bo‘ldi og‘irey.
Sen undayu ko‘ksimdayey,
Yuragim o‘ynar oxir.
Chalinganda tanovor,
Bo‘lib ketarsan lobar.
O‘yna sho‘x parvona bo‘l,
Davrada farzona bo‘l.
Sendan yolg‘iz iltimos,
Libosi sharqona bo‘l.
Tovusdek tovlan deyman,
Ohudek ovlan deyman ey.
Sharqona nazokatda,
Aylagin janon deyman.
Chalinganda tanovor,
Bo‘lib ketarsan lobar.(2x)