Abror Azizov - Dunyo
Abror Azizov - Dunyo

Abror Azizov - Dunyo

2096
8
1130
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Abror Azizov
Перейти на страницу артиста
Текст: Abror Azizov - Dunyo:

Kengga kengdur dunyo, torlarga tordur.
Ko’ngli keng odamga toleyi yordur
Ignadek jussamni viqordek ko’rib
Og’ir yuklarini ortganlar bordur

Ey do’stim aziz deb, yonimga shoshib
Mehrin daryo qilib, sohildan toshib
Bo’ynimda ilonday goho chirmashib
So’ng zumda yoqamdan tutganlar bordur
Bo’ynimda ilonday goho chirmashib
Bir zumda yoqamdan tutganlar bordur

Yurakdan sirlarim sug’urib qilday
O’z dardin yelkamga bostirib zilday
Yurakdan sirlarim sug’urib qilday
O’z dardin yelkamga bostirib zilday
Ishi bitgan qochib, begona dilday
Sirlarim o’zgaga sotganlar bordur

Qayg’u ekan bilsam goh kulganlarim
Bilganimday emas goh bilganlarim
Yovday bo’lib chiqar goh suyganlarim
Tinmay olovlarga turtganlar bordur

Do’stlar achchiq qismat sabog’in oldim
«Azaldan hayot shu» deb qo’ya qoldim
Men qasdni bilmayman, Hudoga soldim
Qalbi qora toshday qotganlar bordur

Behayo dilda ishq, tugunlarni yech
Men bu taqdirimdan nolimayman hech
Goh intizor bo’lib, ertami-yo kech
Shukur meni sizday kutganlar bordur
Goh intizor bo’lib, ertami-yo kech
Shukur meni sizday kutganlar bordur

Читать далее Скрыть описание
Еще