Abror Azizov - Omonat
Abror Azizov - Omonat

Abror Azizov - Omonat

392
0
241

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Abror Azizov
Перейти на страницу артиста
Текст: Abror Azizov - Omonat:

Birni ko’rib fikr qil, birni ko’rib shukur qil,
Do’stim faqat til bilan dilingni bir qil,
Avaylagin hayoling, jilovlagin hayoling,
O’zgaga ko’z tashlama uyda haloling.

Nafsingga bo’lma oshno,
Qul bo’lma bo’lma tashna,
Dunyo bir makkora qiz
Qilar nozi karashma.

Yomon ulfat ko’paydi, bilki kulfat ko’paydi,
Sayoq yurgan tayoq yer, bo’lmagin daydi,
Kayfu safoni o’ylab, qorong’ulikka bo’ylab
Uying bilan ishing yo’q, yurmagin o’ynab.
So’zimni olma og’ir, hayrli bo’lsin oxir,
Do’stingman do’st-do’stiga ko’zgu-ku ahir.
Do’stim dunyo omonat, sinovlari tumonat
Va’dalaring unutma, qilma haqqa xiyonat.

Ko’zingni yog’ bosdimi, dilingni dog’ bosdimi,
Yolg’onlardan yiroq yur, so’zla rostini,
Lahzayu onlar o’tar, yoshliging o’tar ketar
Shuncha o’ynading kulding, bo’ldi bas yetar.
Bekor yurma darbadar, tanlagan yo’ling qadar,
Gunohlaring ko’paydi, yer osmon qadar.
Do’stim dunyo omonat, sinovlari tumonat
Va’dalaring unutma, qilma haqqa xiyonat.

Bir so’z aytaman kechir, kimlarga joning achir,
Har kun mayishatdasan, bolangni xoli nadur,
Do’stim dunyo omonat, sinovlari tumonat
Va’dalaring unutma, qilma haqqa xiyonat.

Читать далее Скрыть описание
Еще