Abror Azizov - Ko’rdim men
Abror Azizov - Ko’rdim men

Abror Azizov - Ko’rdim men

23160
166
8836
Информация о песне:
Год выпуска
2018
Артисты
Abror Azizov
Перейти на страницу артиста
Текст: Abror Azizov - Ko’rdim men:

Bu besh kunlik hayotda, ikki ko’zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda, qolganlarni ko’rdim men,
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Xatto cho’g’siz olovsiz, yonganlarni ko’rdim men.

Nohaqlaring yonini, bechoraning molini,
Jon deb turib jonini, olganlarni ko’rdim men.
Amal qilmay diniga, bir martamas kuniga
Shaytonlarni diliga solganlarni ko’rdim men.

Bu besh kunlik hayotda, ikki ko’zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda, qolganlarni ko’rdim men,
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Xatto cho’g’siz olovsiz, yonganlarni ko’rdim men.

Begona bilan yotgan, balchiqqa beldan botgan,
Xatto badanin sotgan, arzonlarni ko’rdim men,
O’zga yurtlarda yurgan, qaytib kelolmay turgan
Peshonasiga urgan, sarsonlarni ko’rdim men.

Bu besh kunlik hayotda, ikki ko’zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda, qolganlarni ko’rdim men,
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Xatto cho’g’siz olovsiz, yonganlarni ko’rdim men.

Har kuni ichib yurgan, ichib otasin urgan,
Ikki oyog’ida yurgan, hayvonlarni ko’rdim men.
Haqiqat so’z aytganda, qilganida attangda
Bolasidan qaytganda, vayronlarni ko’rdim men.

Bu besh kunlik hayotda, ikki ko’zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda, qolganlarni ko’rdim men,
Yengilib ba’zan yovsiz, qolib birov qarovsiz,
Xatto cho’g’siz olovsiz, yonganlarni ko’rdim men.

Читать далее Скрыть описание
Еще