Hojiakbar Haydarov - Yig’latur
Hojiakbar Haydarov - Yig’latur

Hojiakbar Haydarov - Yig’latur

124
0
59

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Hojiakbar Haydarov
Перейти на страницу артиста
Текст: Hojiakbar Haydarov - Yig’latur:

Hey, qiynadi bu ishq meni,
Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomus-u or yig’latur.

Ushshog’u segoh mening
Ruhimni sel qilg’ay yana,
Bo’ldi, bas, deyman,
Quloq solmay yana tor yig’latur.

Bo’ldi, bas, deyman,
Quloq solmay yana tor yig’latur.

Ba‘zida aylab tavoze,
Qilsalar ko’p muhtaram,
Bu ulug’ jonimni shu
Qilmay biror kor yig’latur.

Gul desam, yonishi yo’q,
Bulbul desam, xonishi yo’q,
Bu latif ruhimni aylab
Bunchalar xor yig’latur.

Bu latif ruhimni aylab
Bunchalar xor yig’latur.

Ko’zlarimda shoshqatordur
Yoshlarim yo’lga qarab,
Yo’qlamay man telbani
Ahdu-hushi bor yig’latur.

Qiynadi bu ishq meni,
Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

Hajr o’tida kuydirib,
Ishqi o’tida yondirib, (x2)
Ne sababdin, bilmadim,
Ko’nglimni rano yig’latur. (x2)

Qiynadi bu ishq meni, {x2}

Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomus-u or yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomus-u or yig’latur.

Читать далее Скрыть описание
Еще